
Falastinni qo‘llab-quvvatlagan futbolchining Bundesliga klubi bilan shartnomasi bekor qilindi
Germaniyaning “Maynts” klubi yarim himoyachisi Anvar El-Gazi Falastinni qo‘llab-quvvatlagani uchun klub tomonidan diskvalifikatsiyasi qilingani yuzasidan murojaat qildi.
"Bugun “Maynts” bilan shartnomam rasman bekor qilindi. Yaqinda qo‘lga kiritgan qonuniy g‘alabamni nishonlash esa men uchun qiyin, chunki G‘azoda tinch aholi va nochor bolalarning azoblari davom etmoqda.
Mening ishim shunchaki insoniyat va adolatni himoya qilish uchun shartnomamni bekor qilishga urinishda “Maynts”ning asossiz va noqonuniy harakatlariga qarshi so‘z erkinligining g‘alabasi.
Mojaroni to‘xtatish uchun o‘z kareramni million marta qurbon qilgan bo‘lsam ham, meni sevgan ishimni qilish imkoniyatidan bor yo‘g‘i bir necha oy mahrum bo‘ldim xolos. Endi men atrofimdagi odamlarning qo‘llab-quvvatlashi va sevgisi tufayli yana yuqori saviyada futbol o‘ynashga tayyorman", - dedi El-Gazi o‘z bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik futbolchi 2023 yilning noyabrida o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Falastinni qo‘llab-quvvatlagani uchun nemis klubi mashg‘ulotlaridan chetlatilgan edi.
Fikrlar