
FAKT! Superligada g‘alaba qozonmagan faqat ikki klub qoldi
O‘zbekiston Superligasining 6 turi ortda qoldi. Kutilganidek, bu mavsum ancha shiddatli davom etmoqda. Biz sizga 7-tur starti oldidan ayrim qiziq faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
"Turon" ushbu mavsum Superligada g‘alaba qozona olmagan ikki klubdan biri hisoblanadi. Jamoa 3 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etgan.
Yana bir klub "So‘g‘diyona" esa 2 bor durang o‘ynab, 4 bellashuvda raqibga 3 ochkoni taqdim etgan. Ahamiyatlisi, ikkala jamoada ham bosh murabbiy iste’fosi kuzatildi.
"So‘g‘diyona" Yorqin Nazarov o‘rniga Ivan Boshkovichni tayinlagan bo‘lsa, "Turon" Baxtiyor Ashurmatovni iste’foga chiqarib, germaniyalik mutaxassis Denis Bushuevni murabbiylik postiga tayinladi.
Fikrlar