
FAKT! "Navbahor" 7 yildan beri Andijonda yutqazmayapti
Superliganing 19-turida muxlislar "Vodiy derbisi" guvohi bo‘ladi. Unda "Andijon" va Namanganning "Navbahor" jamoalari kuch sinashadi.
Qizig‘i shundaki, "lochinlar" 7 yildan beri "Andijon" maydonida yutqazmayapti. “Burgutlar” uy o‘yinlarida Namangan klubini so‘nggi bor 2016-yilgi mavsumda mag‘lub etgan edi. O‘sha bahs taqdirini Ro‘zimboy Ahmedovning yagona goli hal qilgan.
Ma’lumot uchun, "Andijon" - "Navbahor" 23-sentyabr kuni soat 18:00da start oladi.
Fikrlar