Fakt! "Nasaf" tojik jamoasiga mag‘lub bo‘lmagan (prevyu)

  • 16 may, 2021, 11:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf" klubi OFK kubogi 2-turi doirasida 17 may kuni Tojikistonning "Xo‘jand" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Qarshiliklar  o‘z tarixida uchinchi marta tojik klubi bilan kuch sinashadi. 2001/2002 yilgi mavsum Osiyo Chempionlar Kubogi musobaqasi ikkinchi bosqichida "ajdarlar" Tojikistonning "Umid" Dushanbe jamoasi ustidan umumiy 7:3 hisobida g‘alaba qozongan (4:1, 3:2).

Tecno

Ro‘ziqul Berdiev shogirdlarining bu galgi raqibi Xo‘jand" esa, 1953-1991 yillar davomida  sobiq Ittifoq Ikkinchi ligasida ishtirok etgan. U paytda jamoaning asosiy vazifasi mamlakatning bosh jamoasi bo‘lgan "Pomir" klubiga futbolchi etkazib berishdan iborat bo‘lgan.

Jamoa 1992 yildan buyon Tojikiston Oliy ligasi ishtirokchisi sanaladi. "Burgutlar" tojik klublari orasida eng sovrindor jamoalardan biri hisoblanadi. Raqib Tojikoston Oliy ligasida etti marta kumush medali, besh marta bronza medali va  to‘rt karra Tojikiston kubogi sohibiga aylangan.

"Xo‘jand" jamoasi OFK kubogi 1-turida Turkmanistonning “Oltin Asr” jamoasi bilan kuch sinashdi va yakunda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi – 2:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!