
Fabio Kapello: "Milanning avvalgi holatiga qaytayotganligi quvonarli holat"
Fabio Kapello "Milan” va jamoa bosh murabbiyi Paulo Fonsekani "Inter" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin maqtab o‘tdi.
"Fonseka ko‘p maqtovlarga loyiq. Hujumdagi Abraham va Moratalarning o‘yini menga juda yoqdi. Ular jarima maydonchasida qanday harakat qilishni, jamoaga yordam berishni, ochiq o‘yin zonalarini yaratish uchun nima qilish kerakligini, bosim o‘tkazishni va ko‘p yugurishni bilishadi. "Milan"ning g‘alabasi jamoadagi futbolchilarning o‘yinga bo‘lgan munosabati, fidoyilikka tayyorligidan boshlandi. Men Abraham va Morataning ishonchli o‘yinlariga ishonishda davom etgan bo‘lardim.
Derbidagi g‘alaba Fonsekaga ko‘proq xotirjamlik berdi, albatta. "Milan" turnir jadvalida "Inter"ga etib oldi. Biz chempionatning boshida turibmiz. Hali oldinda bizni uzoq va shiddatli mavsum kutib turibdi. Shu bilan birga, bu mag‘lubiyat neradzurrilarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi deb o‘ylayman. Muvaffaqiyatsizliklar sodir bo‘lishi tabiiy hol. Bu ba’zida kutilmagan va og‘riqli tarzda kelishi mumkin", - dedi "Milan"ning sobiq bosh murabbiyi.
Fikrlar