Evropadagi legionerimizni “sindirishmoqchi”!

  • 11 may, 2022, 22:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionati o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining nazarida turgan musobaqalardan. Minksning “Energetik-BGU” klubi aynan o‘zbekistonlik legionerlar – Bobur Abduxoliqov, Abdulqodir Husanov va  Shohruh Abdurahmonovning xizmatlari evaziga  kuchli uchlikda bormoqda.

Tecno

Buni raqamlar ham ko‘rsatmoqda. Qashqadaryo futboli tarbiyalanuvchisi Bobur Belarus oliy ligasida sakkizta gol va uchta assist bilan chempionat to‘purari va eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.

38707_4a31d87d29935fb3e00ec23a6eb58637

18 yoshli himoyachimiz Abdulqodir Husnov hisobida ettita o‘yinda bitta gol va ikkita assist qayd etilgan.

23 yoshli yarim himoyachi Shohruh Abdurahmonov ham minsklik “talabalar”ning barcha uchrashuvlarida qatnashib, ikkita assistni amalga oshirdi.

Belarus chempionatining 7-turida “Energetik-BGU” o‘z maydonida mamlakatning amaldagi chempioni “Shaxtyor-Soligorsk”ni qabul qilib, kichik hisobda yutqazdi. Ushbu uchrashuvga Borisovning BATE klubidagi legionerimiz Shahboz Umarov ham tashrif buyurgan edi.

Belarusda mashhur bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod o‘yinchining stadionga kelgani jurnalistlar e’tiboridan chetda qolmadi. Ular Umarov atrofidagi noxush holatni inobatga olib, uning “Energetik-BGU”ga qaytishi mumkinligi haqida bu jamoa bosh murabbiyi Pavel Rodnyonokka murojaat qilishdi.

O‘rni kelganida eslatib o‘tamiz, Shahboz Umarov 2020 yilgi mavsumda “Energetik-BGU”ning haqiqiy etakchisi bo‘lgan. O‘sha mavsum barcha 30 ta o‘yinda qatnashgan hamyurtimiz to‘rtta grl va uchta assist qayd etdi.

Umarov keyingi mavsumni BATE safida boshladi va qisqa fursatda bu jamoaning ham etakchisiga aylandi. Statistik ko‘rsatkichlar ham ko‘tarildi. Borisovliklar safida barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda oltita gol va to‘qqizta assist.

Bu mavsum Shahboz Umarov uchun juda muhim bo‘lishi kutilgandi. Borisovliklarni uni kuchli ligaga transfer qilishni ko‘zlagandi. Biroq, yangi bosh murabbiy Aleksandr Mixaylov mavsumoldi nazorat uchrashuvidagi mojaro tufayli legionerimizni ochiqchasiga “sindirish”ga harakat qilyapti.

Bilasiz, nazorat o‘yinida chiroyli o‘ynamoqchi bo‘lib to‘p yo‘qotgan Umarovni shu paytga qadar yoshlar bilan ishlab kelgan Aleksandr Mixaylov qo‘pol so‘zlar bilan so‘kadi. O‘ziga nisbatan hurmatsizlikni ko‘tara olmagan Shahboz maydon chiqib ketadi.

28adfa5e38c3794a2a5c5cc25e298

Keyinchalik o‘zbekistonlik futbolchi bosh murabbiydan uzr so‘radi. Lekin Mixaylov uni sun’iy tarzda o‘ynatmayapti. Garchi murabbiylar shtabi Shahbozning umumiy guruhda shug‘ullanishiga  ruxsat bergan bo‘lsa-da, Mixaylov uni uchrashuv  qaydnomasiga kiritmayapti.

Bu vaziyatdan faqatgina Mixaylov yutmoqda. U o‘zining qaysarligini ko‘rsatib qo‘ydi. Shahboz o‘yin amaliyotisiz qoldi. Bu uning yoshidagi o‘yinchi uchun katta jazo. BATE klub g‘aznasiga mo‘may daromad tushiradigan o‘yinchisiz qolyapti.

Belaruslik jurnalistlar “Energetik-BGU” bosh murabbiyi  Pavel Rodnyonokdan Umarovni qaytarish imkoniyati haqida so‘radi.

- Biz Umarovni qaytarish va uning moliyaviy talabini qondirish uchun ortiqcha pul zaxirasiga ega emasmiz. Agar uni ijaraga olsak ham, Shahboz BATEda olayotgan maoshini so‘raydi. Afsuski, biz katta xarajatlarga qodir emasmiz, - dedi Rodnyonok.

Ha, Belarus oliy ligasida Bobur Abduxoliqov, Abduqodir Husanov, Shohruh Abdurahmonov kabi o‘yinchilar porlayotganidan xursandmiz. Yaqinda ular safiga “Energetik-BGU” o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynayotgan 22 yoshli Abbosbek Jumaqulov ham qo‘shiladi.

Lekin ayni ko‘tariladigan pallada qaydnomaga ham kiritilmayotgan Shahboz Umarovning kelajagi muxlislarni xavotirga solyapti. Chunki iste’dodli bu futbolchi aynan Belarus chempionatidagi o‘yinlari orqali O‘zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv ola boshlagan edi. 

20211010181634

“Roma”ga xushxabar!

“Roma”ning po‘stagini qoqamiz!

“Roma” hujumchisi: Ketishim kerak bo‘lgan vaqt kelganini bildim!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
12/05/2022 09:57
УФА нима килаяпди? хар бир легионерни, хар бир футболчини ортида УФА туриши керак. Клуб билан тузилган шартнома УФА юристлари томонидан текшириб борилса, ватандошларимиз хор булмайди. Уйинчиларимиз уз юртимиздаги коррупциядан кочиб, мусофир юртга бориб яна кийналиши жуда ачинарли. Уз юртида ватандошларига шароит ярата олмаётган УФА хеч булмаса, хорижда куллаб кувватлаши шарт