Evropa Ligasi. "Roma" safarda "Betis" bilan o‘ynadi

  • 13 oktabr, 2022, 23:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Ligasi 4-tur doirasidagi "Betis" - "Roma" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostidao‘tgan bahsda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. 

Tecno

Andalusiyaliklarning goliga Serxio Kanales mualliflik qildi. U birinchi taymning 34-daqiqasida hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasiga kelib, "Roma" muvozanatni tikladi. Andrea Belotti gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Ushbu durangdan keyin "Betis" 10 ochko bilan 1-o‘rinda bo‘lsa, "Roma" 4 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
marsil
14/10/2022 06:57
жозе баттар бул бу кунингдан