
Evropa Ligasi. Qur’a. "Barselona", MYu, "Yuventus" va "Roma" bugun o‘z raqiblarini bilib oladi
Biroz avval Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi. Endi esa Toshkent vaqti bilan soat 17:00da Evropa Ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Birinchi savatchada Evropa ligasi guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar bo‘lsa, ikkinchi savatchadan Chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan klublar bo‘ladi.
Birichni savatcha: PSV, "Renn", "Roma", "Union", "Manchester Yunayted", "Monako", "Nant", "Midtyullann".
Ikkinchi savatcha: "Ayaks", "Bayer", "Barselona", "Zaltsburg", "Sevilya", "Sporting", "Shaxtyor", "Yuventus".
Eslatib o‘tamiz, ushbu juftliklar g‘oliblari Evropa Ligasi guruh bosqichida 1-o‘rinni egallagan klublar bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar