
Evropa klublari nazariga tushgan legionerimiz yana gol urib, jamoasini birinchi o‘ringa ko‘tardi!
Belarus oliy ligasi vakili “Energetik-BGU” 18-turda “Slutsk” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Minsklik “talabalar” o‘z tarixida ilk bor chempionat sovrinli o‘rinlari uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.
Bobur Abduxoliqov va Abdulqodir Husanov jamoasida mavsumni chempion sifatida yakunlash imkoniti ham bor.
“Energetik-BGU” avvalgi turda kutilmaganda “Torpedo-BelAZ” jamoasidan 0:4 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchraganidan keyin chempionlik kurashida imkonini saqlab qolishi uchun “Slutsk”ni mag‘lub etishi shart edi.
Raqib maydonidagi o‘yin “Energetik-BGU” uchun omadsiz boshlandi. Mezbonlar vakili Konstantin Kotov birinchi bo‘lim o‘rtalarida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi.
“Energetik-BGU” tanaffus vaqtida bosh murabbiy Pavel Rodnyonokdan olgan ko‘rsatmalarini maydonda qo‘llay boshladi. Natijada jamoa etakchilaridan Aleksandr Svirepa hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘yin yakunlanishiga olti daqiqa vaqt qolganida Bobur Abduxoliqov o‘zini ko‘rsatdi. 25 yoshli hujumchimiz “Slutsk” posboni Ilya Branovetsni ojiz qoldirib, jamoasiga uch ochko keltirgan muhim gol muallifi bo‘ldi.
Bu goldan keyin “Energetik-BGU” ochkolari sonini 34 taga etkazib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Shu tariqa, Bobur Abduxoliqov Belarus chempionatidagi o‘n ettinchi golini rasmiylashtirdi. Hamyurtimiz to‘purarlar bahsida katta ustunlik bilan peshqadamlik qilyapti. Bundan tashqari, Bobur oliy ligada jamoadoshlariga beshta golli pas uzatgan. Mohir hujumchi gol+pas tizimida jami 22 ball bilan chempionatning eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.
Yana bir e’tiborga molik jihat shundaki, qashqadaryolik futbolchi gol urgan uchrashuvlarda jamoasi umuman mag‘lubiyatga uchramagan. Boburning gollari “Energetik-BGU”ga “Vitebsk”, “Torpedo-BelAZ”, “”Dinamo-Brest”, “Nyoman”, “Minsk”, “Arsenal-Dzerjinsk”, “Slaviya”, “Belshina”, “Vitebsk” ustidan g‘alaba keltirgan va “Dnepr-Mogilev” hamda BATE bilan muhim durangni ta’minlagan.
Bobur chempionat o‘yinlarida bitta xet-trik, uchta dubl qayd etgan va ettita o‘yinda bittadan to‘p kiritgan. Hamyurtimiz raqib darvozasiga yo‘l topolmagan uchrashuvlarda poytaxtlik “talabalar” tur bahslarida “Isloch”, “Shaxtyor-Soligorsk”, “Torpedo-BelAz”ga yutqazib qo‘ygan.
Ayrim ommaviy axborot vositalari o‘zbekistonlik hujumchiga Rossiya, Turkiya va Germaniya jamoalaridan takliflar bo‘layotgani haqida axborot tarqatmoqda.
“Energetik-BGU” rahbariyati o‘zbekistonlik futbolchini kattaroq mablag‘ taklif qilinsa, qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan. Ma’lumotlarga qaraganda, ular hamyurtimio‘ni 100 ming evrodan qimmatroq sotmoqchi.
Bobur Abduxoliqovning amaldagi shartnomasi shu yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi.
Shomurodovni olishga so‘nggi urinish!
Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!
Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?
“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!
Fikrlar