"Evro-2020" g‘olibligi uchun asosiy da’vogar kim? Italiya terma jamoasi ustozi bu savolga javob berdi

  • 8 iyun, 2021, 08:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini yaqinlashib kelayotgan Evropa chempionatida qaysi terma jamoaning g‘olib chiqish imkoniyatlari yuqori ekani haqida gapirdi.

Tecno

“Avval aytganimdek, ushbu musobaqada kuchli jamoalar ko‘p. Ammo ular orasida birortasini tanlashim kerak bo‘lsa, men Frantsiyani tanlagan bo‘lar edim. Chunki u amaldagi jahon chempioni. Ular “JCh-2018”da juda yosh tarkib bilan g‘olib bo‘lgan edi va shuning uchun ular endi yanada kuchliroq. Menimcha, biz faqat finalda uchrashishimiz mumkin. Umid qilamizki, hal qiluvchi bahsda ular bilan o‘ynaymiz”, - dedi Manchini.

Italiya terma jamoasi “Evro-2020”ning “A” guruhidan joy olgan. Ushbu guruhda ulardan tashqari Shveytsariya, Turkiya hamda Uels terma jamoalari ham bor.

Dide Desham boshchiligidagi Frantsiya terma jamoasi esa “F” guruhida Germaniya, Portugaliya va Vengriya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!