
Ertaga Ravshanbek Mahammadjonov jang qiladi. Bugun vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi
Ertaga, Rossiyaning Qozon shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur jang kechasini mashhur bokschimiz Ruslan Chagaevga tegishli bo‘lgan M-13 promouterlik kompaniyasi tashkil qilmoqda.
Ushbu kechaning markaziy jangida Ruslan Chagaev kompaniyasi mijozi hisoblanuvchi Fotima Dudieva ringga ko‘tariladi. Shuningdek, qozog‘istonlik Feruza Sharipova ham o‘ziga tegishli bo‘lgan WBC Silver chempionlik kamarini himoya qiladi.
Albatta, bu oqshomda o‘zbekistonlik bokschi ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ya’ni, Zufar Sulaymonov shogirdi, yoshlar o‘rtasida WBC jahon chempionlik kamari sohibi Ravshanbek Mahammadjonov asli o‘zbekistonlik bir necha yillardan buyon Rossiyada faoliyat yuritib, o‘sha erda mashg‘ulotlar olib borayotgan G‘iyosbek Mamajonovga qarshi reyting jangida ishtirok etadi. Aslida, Ravshanbek Rossiyaning Tambov shahri vakili Roman Klemashovga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq, jarohat tufayli, u qisqa vaqt qolganda jangda ishtirok eta olmasligini bildirdi.
Bugun, mazkur jang oldidan Face to Face marosimi o‘tkazildi. Hamyurtimiz vazn me’yorini bajara oldi.
Fikrlar