Erling Xoland nomini tarixga mixladi

  • 26 fevral, 2023, 18:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland dastlabki mavsumidayoq to‘purarlik bo‘yicha klub rekordlarini yangilab, o‘z nomini tarixga muhrlay boshladi.

Tecno

Angliya premer-ligasining 25-turida Xosep Gvardiola shogirdlari safar uchrashuvida “Bornmut” ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi. Gollardan biriga mualliflik qilgan norvegiyalik forvard rekord o‘rnatdi.

Bu Xolland uchun joriy mavsumdagi 27-gol bo‘ldi. U “Siti” tarixida bir mavsumda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchiga aylandi. Endi mavsum oxiriga qadar Xolandning ligadagi har bir gol jamoasining yangi rekordi sifatida qayd etilaveradi.

Avvalgi rekord argentinalik hujumchi Serxio Agueroga tegishli bo‘lgan. Mashhur to‘purar 2014-2015 yilgi mavsumda raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qilgan edi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Erling Xolandning  Angliya Premer-ligasi to‘purarlari bahsida g‘olib chiqish ehtimoli katta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!