
Erkin kurash: Jahon chempionatida Olimpiada yo‘llanmasi o‘ynalayotgan vazn toifalari bilan tanishing
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultan shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Hozirda erkin kurashchilarimiz chempionat g‘olibligi bilan bir qatorda Olimpiada yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritish ilinjida bor kuchlarini ishga solmoqdalar. Shu o‘rinda erkin kurash bo‘yicha qaysi vazn toifalariga Olimpiada yo‘llanmasi tikilganligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Demak, 57, 65, 74, 86, 97 va 125 vazn toifalarida Olimpiada yo‘llanmasi o‘ynaladi. 61, 70, 79 va 92 kg vazda esa, bunday imkoniyat yo‘q. Hozirga qadar, 57 va 65 kg vazn toifasidagi vakillarimiz jahon chempionatidagi kurashni to‘xtatganligini inobatga olsak, 74 kgda Bekzod Abdurahmonov, 86 kgda Jabroil Shapiev hamda 125 kgda Hasanboy Rahimovda Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.
Fikrlar