Enrike PSJ "Barsa" bilan Chempionlar ligasida uchrashishi haqida gapirdi

  • 30 avgust, 18:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasining joriy mavsumdagi umumiy bosqichi doirasida "Barselona" bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Men uchun bu ham ijobiy, ham salbiy tuyg‘u. Yana Barselonaga qaytish yoqimli, chunki bu mening uyim. Bu jamoa bilan o‘ynash ajoyib, chunki u yaxshi, hujumkor futbol namoyish etmoqda.

Ammo shu bilan birga, chin yurakdan gapiradigan bo‘lsam, gap menga eng ko‘p yordam bergan klub haqida ketmoqda va ular bilan o‘ynash menga unchalik yoqmaydi. Bu tuyg‘uni tushuntirish qiyin", - deya Enrikening so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Luis Enrike 2014-2017 yillarda "Barselona" bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Bu davrda uning qo‘l ostida "ko‘k-anorranglilar" ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lishdi, uch marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritishdi, shuningdek, Chempionlar ligasini ham qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!