Enrike "Barselona"ning sobiq etakchisi haqida: Uni o‘zim bilan jang qilish uchun olgan bo‘lardim

  • 13 dekabr, 2022, 17:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike Kataloniya klubida birga ishlagan "Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

52 yoshli mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ular xarakter jihatidan juda o‘xshash. Bundan tashqari, Enrike futbolchi sifatida Pikedan hech qanday shikoyati yo‘qligini ta’kidladi.

“U juda qiziqqon, o‘ynoqi yigit. U hayotga boshqa ko‘z bilan qaraydi. U o‘ta raqobatbardosh va men uni o‘zim bilan jang qilish uchun olgan bo‘lardim”, - deya Enrikening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Espana.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda 35 yoshli Pike professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. U "Barselona" safida jami 616 ta o‘yin o‘tkazib, 53 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!