Engil atletikachimiz Ekaterina Voronina ham qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Qatar poytaxti Doxa shahrida o‘tkazilayotgan engil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Biroz avval hamyurtimiz Ekaterina Voronina ham mazkur qit’a birinchiligi doirasida terma jamoamizning ikkinchi oltin medaliga egalik qildi.

Tecno

Etti kurash yo‘nalishi bo‘yicha bahslarni boshlagan vakilamiz yakunda 6198 ball jamg‘ardi. Unga eng yaqin kelgan ta’qibchi esa 5993 ochko to‘plashga erishdi. Kuchli uchlikni 5829 ochko jamg‘argan Xitoy terma jamoasi vakilasi Ts.Vang yakunlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tkazilgan uch hatlab sakrash dasturida boshqa bir yurtdoshimiz Ruslan Qurbonov ham oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!