
"Energetik-BGU" ustozi Yaxshiboev haqida gapirdi
Belarus chempionati 11-turidan o‘rin olgan "Energetik-BGU" - "Vitebsk" (3:3) uchrashuvidan so‘ng minskliklar ustozi Vladimir Belyavskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Yaxshiboevsiz ham yaxshi o‘ynadik. Albatta, Jasur yordam bergan bo‘lar edi. Ammo, nima bo‘lganligini o‘zining ko‘rib turibsiz. Endi Yudchitssiz harakat qilishimizga to‘g‘ri keladi. Yana tushunarsiz qizil kartochka. Bu holat balki pushtiga tortar, lekin qizil kartochka emas", - dedi Belyavskiy.
Fikrlar