"Energetik-BGU" nima sababdan uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o‘tkazmoqda?

  • 13 may, 2020, 19:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi Belarus chempionatining 9-turida o‘z maydonida "Dinamo" Brest jamoasini  qabul qiladi. "Talabalar"ning Minskdagi o‘yingohi sun’iy qoplamali maydonga ega ekanligi bois, mazkur bellashuv 16 may kuni Molodechno shahridagi "Gorodskoy" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Gap shundaki, musobaqa reglamentiga ko‘ra, Oliy liga jamoalari may-noyabr oylarida sun’iy qoplamali maydonda o‘ynashi ta’qiqlanadi. Shu bois, "Energetik-BGU" 7-turdan o‘rin olgan uy uchrashuvini Borisov shahridagi "Gorodskoy" stadionida o‘tkazgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!