
Endi italiyaliklar ham Yaxshiboevning o‘yinini kuzatadi
Italiyaning Calciomercatoweb.com sayti Belarus chempionatini namoyish eta boshladi.
"Portalimiz futbolsevar muxlislarga jahonda davom etayotgan chempionat o‘yinlarini kuzatib borish imkonini yaratdi", - deyiladi saytda yozilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, Belarus chempionat ishtirok etuvchi "Energetik-BGU" klubida hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradi.
Fikrlar