
Emeri O‘zil uchun asosiy tarkibdagi o‘rni haqidagi qarorini bildirdi
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri yarim himoyachi Mesut O‘zil asosiy tarkibga kirish uchun kurashishi kerakligini takidlab o‘tdi.
"O‘zil meni va "Arsenal" uslubiga mos futbolchi, biroq bu unga asosiy tarkibdan joy kafolatlanganligini anglatmaydi.
Bizda maydonning istalgan nuqtasi uchun kurash olib boradigan futbolchilar ko‘p. Bu degani men uchun ularning barchasi asosiy tarkib uchun davogar.
Agar biz mana shu uslubda raqobatni saqlab qolsak, bu klub kelajagi uchun foydali bo‘lib qolaveradi," - Emeri so‘zlaridan iqtibos keltimoqda Goal.com.
Fikrlar