
Elit chempionlar ligasi. "Al-Ayn" - "As-Sadd" bahsida kuchlar teng keldi
Elit chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Al-Ayn" - "As-Sadd" bahsi ham o‘z yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda ham 1:1 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Akram Afif hisobni ochgan bo‘lsa, Matias Palasios o‘yin oxirida muvozanatni tikladi. Ikkala jamoa ham yakunda bir ochkodan bo‘lishib olishdi.
Fikrlar