Eden Azar Belgiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 16 yanvar, 2020, 22:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Eden Azar Belgiyaning mamlakat tashqarisida to‘p surayotgan futbolchilar o‘rtasida eng yaxshisi deb topildi.

Tecno

O‘tkazilgan so‘rovnomada forvard jami 758 ta ovoz to‘plagan. Bu bilan futbolchi ushbu unvonga ketma-ket uchinchi marotaba loyiq deb topildi.

Futbolchi UEFA chempionlar ligasi guruh bosqichi PSJga qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab ushbu marosimda qatnasha olmadi.

Ikkinchi o‘rinni "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryune egalladi. Uchlikni esa "Inter" hujumchisi Romelu Lukaku yakunlab berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!