EChLning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

  • 3 iyun, 2024, 17:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

Vinisius Junior UEFA Chempionlar ligasining 2023/24 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. 

UEFA texnik kuzatuvchilari guruhi "Real" qanot hujumchisini mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etdi. U o‘tgan mavsum Chempionlar ligasining 10 uchrashuvida maydonga tushib, 6 ta gol hamda 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan. 

"Vinisius Junior "Real" safida mavsum davomida bir qator shov-shuvli o‘yinlar o‘tkazdi va jami 6 ta gol urdi. Shu jumladan, "Borussiya Dortmund"ga qarshi finalda hal qiluvchi golni kiritdi", - deyiladi UEFA rasmiy sayti sharhida. 

Bundan tashqari, Jud Bellingem Chempionlar ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tan olindi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!