
EChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi (Foto)
Seshanba va chorshanba kunlari Evropa Chempionlar ligasi 4-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. UEFA rasmiy veb-sahifasi esa haftaning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun nomzodlarni e’lon qilgandi.
Ushbu ro‘yhatga Madridning "Real" klubi forvardi Rodrigo, "Borussiya Dortmund"ning goleador himoyachisi Ashraf Hakimi, PSJ darvozaboni Keylor Navas va "Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xin Minlar kiritilgandi.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra "qirollik klubi" futbolchisi Rodrigo haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Ma’lumot o‘rnida, Rodrigo madridliklar safida uchta gol kiritgan. Hakimi "Inter" darvozabonini ikki marotaba dog‘da qoldirdi. Navas "Bryugge"ga qarshi o‘yinda 92 foiz aniq pas va 4 ta seyv namoyish etdi. "Tottenxem" hujumkor yarim himoyachisi Min esa ikki gol va bir asist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar