
EChL: Yana ikki klub muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-tur o‘yinlari yakuniga etdi. A guruhida "Bavariya" "Red Bull Zaltsburg" klubini o‘z maydonida qabul qilib yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu bahsdan so‘ng, "qizillar" 12 ochko bilan muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
S guruhi etakchisi "Manchester Siti" "Olimpiakos" mehmoni bo‘ldi va minimal hisobda g‘alaba qozondi. Shu tariqa shaharliklar ham 12 ochko jamg‘argan holda keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydi.
E’tiborli jihati, "Bavariya" va "Manchester Siti" 4 o‘yinda 100 foizli natija qayd etdi.
Bungacha, "Barselona", "Chelsi", "Yuventus" va "Sevilya" pley-off masalasini hal qilib ulgurgan edi.
Fikrlar