EChL. Oblakning seriyadagi seyvlari, Lautaroning "oyga tepgan to‘p"i "Atletiko"ni chorak finalga olib chiqdi

  • 14 mart, 2024, 04:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Inter" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda "matraschilar" 2:1 hisobida zafar quchdi. 

Dastlab, Dimarko hisobni ochgan bo‘lsa, sal o‘tib Grizmann bellashuvda muvozanatni tikladi. Asosiy vaqt yakunlanishi arafasida Depay Madrid klubini hisobda oldinga olib chiqdi. Ilk bellashuvda Milan klubi 1:0 hisobida yutgani sabab bellashuv ekstra taymlarga ko‘chdi va unda hisob o‘zgarishsiz qoldi. 

Penaltilar seriyasida esa Simeone shogirdlari 3:2 hisobida zafar quchdi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!