EChL. "Barselona" - "Napoli" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi ma’lum

  • 12 mart, 2024, 22:22
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Barselona" - "Napoli" o‘yinida mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, 1/4 bosqichga yo‘l oldi. 

Tecno

Ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Pau Kubarsi deb topildi. Himoyachi 17 yosh bo‘lishiga qaramay bugungi kunga kelib, Xavi jamoasining eng muhim himoyachilaridan biriga aylanib bo‘ldi. Shuningdek, Kubarsi "Napoli"ga qarshi bahsda barcha duellarda g‘alaba qozondi, 3 ta podkat ishlatib, bir marta blok qo‘ydi.

Pau nafaqat "Barsa"da asosiy tarkib a’zosi, balki Ispaniya terma jamoasining keyingi yig‘inlariga chaqirilishi kutilayotgan futbolchidir. De la Funte uni milliy jamoada ko‘rishni istamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!