
Dzyudo. Bugun 5 nafar dzyudochimiz Jahon chempionatida tatamiga chiqadi
Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 37-jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari o‘tkaziladi.
Parij-2024 Olimpiadasi oldidan o‘tkazilayotgan so‘nggi IJF musobaqasida dunyoning 107 davlatidan jami 658 nafar dzyudochi ishtirok etyapti. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasining 17 nafar vakili ham bor.
"Mubadala Arena" mezbonlik qilayotgan dunyo birinchiligining ikkinchi kunida ham 5 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk raqiblari:
-57 kg: Shukurjon Aminova - Chen-Ling Lien (Xitoy Taypeyi)
-66 kg: Sardor Nurillaev - Fernand Nikero (Gabon)
-66 kg: Muhriddin Tilovov - Ahmed Abdelrahman (Misr)
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev - Karim Abdullaev (BAA)/Ruslan Halavachov (AIN)
-73 kg: Shahram Ahadov - Arun Kumar (Hindiston)/Kiprianos Andreu (Kipr)
Fikrlar