Dyokeresh uchun kurashga yana grand klublar qo‘shildi

  • 8 yanvar, 19:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sporting" hujumchisi Viktor Dyokeresh uchun kurashga ko‘plab grand klublar juda katta qiziqish bildirmoqda. 
 
Xabaringiz bor, Viktor 2024 yil 62 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Shu sababli, so‘nggi kunlarda ushbu hujumchiga "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" jamoalari eng asosiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgan edi. Biroq, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, "Barselona", "Bavariya" va "Real Madrid" kabi grand klublar ham mazkur kurash uchun qo‘shilishdi. 
 
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "sherlar" shvetsiyalik forvardning transferidan yaxshigina summa ishlab olishni maqsad qilib qo‘ygan. Shu bois, qishki transferlar oynasida emas, yozda yangi takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Manbaga ko‘ra, Dyokeresh yana Angliyaga qaytishni rejalashtirmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli futbolchi joriy mavsum portugaliya klubi tarkibida 29 ta uchrashuvda ishtirok etib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 75 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!