Dukure: APL musulmonlar uchun eng yaxshi liga

  • 22 mart, 2023, 17:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" yarim himoyachisi Abdulaye Dukure o‘zi uchun din eng muhim ekanligini aytdi. 

"Men har doim Ramazonni sevganman. Ba’zan futbol o‘ynash qiyin bo‘ladi. Sababi, Ramazon yoz va mavsum avvaliga to‘g‘ri keladi. Biroq doim omadim kelgan. Jismoniy holat bilan hech qachon muammoga duch kelmaganman. 

Din - mening hayotimda eng muhimi. Birinchi navbatda din, keyin esa ish. 

Siz bo‘sh vaqtingizda namoz o‘qishingiz va masjidga borishingiz mumkin. Premer-ligada esa hech qachon e’tiqodingizga qarshilik qilinmaydi. Bu ajoyib. 

Men Frantsiyada tug‘ilganman va u erda kareramni boshlaganman. Biroq Frantsiya va Angliya o‘rtasida katta farq bor. Ba’zan odamlarni tinglashingiz kerak. 

Men har doim Premer-ligada o‘ynashni xohlaganman va bu erda uzoqroq qolishni istayman. Bu musulmonlar uchun eng yaxshi liga", - dedi Dukure. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!