
Dragan Cheran: "Dinamo" yaxshi o‘ynadi va chempionatda yana bir bor kuchsiz jamoaning yo‘qligiga isbot bo‘la oladi"
“Paxtakor” klubi ikkinchi davrani “Dinamo”ga qarshi o‘tkazib, 3:2 hisobidagi qiyin g‘alaba bilan yakunlay oldi.
Doimgidek, “Paxtakor” sardori Dragan Cheran uchrashuvni faol o‘tkazdi va gol urdi. Hujumchi uchrashuv borasida quyidagilarni aytdi:
- Kuchli va motavitsiyasi yuqori bo‘lgan jamoaga qarshi qiyin o‘yin bo‘ldi. Ular bizga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi va bu chempionatda yana bir bor kuchsiz jamoaning yo‘qligiga isbot bo‘la oladi. “Dinamo” to‘p nazoratini yangi uslubini ko‘rsatdi va hujumkor o‘yin namoyish qildi.
“Paxtakor” doim kuchli va favorit bo‘lgan. Oldingi 2-3 ta uchrashuvda rejalarimiz o‘xshamadi, pasayish kuzatildi. Lekin bu normal holat. Qachonki, sen katta klubda, maqsadi yuqori klubda o‘ynasang, buni mas’uliyati ham katta bo‘ladi.
Jamoamizga qo‘shilgan legionerlar tezda kirishib ketishdi. Ishonamanki, ular jamoamizga yordam bera olishadi, - dedi Cheran.
Fikrlar