Dmitriy Bivol: "Men Saul Alveraesning chempionlik kamarlari uchun jang qilmoqchiman!"

  • 17 aprel, 2023, 17:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Saul “Kanelo” Alvares (58-2-2, 39 KO) 6 may kuni Meksikada Jon Rayderga (32-5, 18 KO) qarshi o‘zining super o‘rta vazndagi to‘rtta kamarini himoya qiladi va keyin yana yarim og‘ir vaznda (79, 4 kg) Bivol bilan revansh jangini o‘tkazishni xohlamoqda. Lekin bu safar rossiyalik super o‘rta vazn (76,2 kg ) doirasida Alvaresning chempionlik kamarlari uchun jang qilishni afzal ko‘rmoqda.

Tecno

Uning haqiqiy rejalari nima ekanligini bilmayman, lekin men uni kutib o‘tirmayman va o‘z yo‘limdan ketaman. Agar, u xohlasa, biz revansh jangini o‘tkazishimiz mumkin, lekin u allaqachon bunday imkoniyatga ega edi va u bundan foydalanmadi. Biroq, bu safar biz uning divizioni, super o‘rta (76.2 kg) vaznda uchrashamiz. Jangdan keyin men hech qanday bahonaga quloq solmoqchi emasman”, - deya qo‘shimcha qildi Bivol.

Eslatib o‘tamiz, Bivol 1-jangda “Kanelo” ustidan g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!