Diyor Imomxo‘jaev: Ayrim kishilari o‘z manfaatlarini klub manfaatidan ustun qo‘yishi oqibatida...

  • 12 aprel, 2022, 17:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev “Buxoro” klubi atrofidagi vaziyatlar yuzasidan viloyat rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda Imomxo‘jaevning o‘zi telegramdagi kanalida ma’lum qili.

Tecno

“Kecha Buxoro viloyati hokimiyatida Botir Zaripov bilan uchrashdik. Buxoro klubini qiynayotgan masalalar va ularning echimi xususida atroflicha suhbatlashdik. Muammolarni qay tariqa bartaraf etish va bu borada qanday ishlashlarni amalga oshirish yuzasidan konkret fikrlashdik.

Kechga yaqin Qoravulbozorga borib, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rahbari Akbar Fozilov bilan ko‘rishdik. Muammolar ildizi, uning oqibatlari, klub kelajagi borasida gaplashdik.

Afsuski, futbol dunyosining ayrim kishilari o‘z manfaatlarini klub manfaatidan ustun qo‘yishi oqibatida Buxoro bir necha yillardan buyon qiyin holatga tushib qoldi. Ammo ishonamizki, yil davomida barchasi iziga tushadi va muammolar, qarzdorliklar birma-bir bartaraf etiladi. Bu yo‘lda qadam tashlandi. O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi kuniga qadar katta qiyinchilik bilan bo‘lsa-da klub ishlari o‘z relsiga tushib olishi yo‘lida mehnat qilinadi. Bu borada klub muxlislari va ishchi-xodimlari bilan ekanligimizni aytishni istaymiz. 

Vaqt ajratgani hamda klub taqdiriga befarq bo‘lmagani uchun yuqoridagi ikki shaxsga minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
12/04/2022 17:51
Энди билдилаоингми бўганича бўлиб бўлдику