"Dinamo"ning ukrainalik futbolchisi "Buxoro" yig‘inida qatnashmoqda

  • 17 yanvar, 2022, 17:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentda davom etayotgan "Buxoro" jamoasi yig‘iniga ukrainalik futbolchi Oleg Marchuk kelib qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

O‘tgan mavsum "Dinamo" safida harakat qilgan futbolchi Pro liga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 20 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvvafaq bo‘lgan. Oleg Marchuk yangi mavsumga tayyorgarlikni "Buxoro" jamosi bilan birga olib boradi.

Marchuk 1997 yil 3 iyul kuni Ukrainaning Volinskaya viloyatida tavallud topgan. Katta futboldagi ilk qadamini 2017 yil "FK Volin" jamoasida boshlagan. Shuningdek, "FK Veres" va "FK Ingules" jamoalarida to‘p tepgan.

photo_2022-01-17_15-38-44

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!