"Dinamo" Superliga doirasida "So‘g‘diyona"ga yutqazgandi, o‘rtoqlik o‘yinida esa...

  • 25 mart, 2022, 22:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan «Dinamo» va «So‘g‘diyona» klublari bugun, 25 mart kuni Samarqandda o‘zaro o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishdi. Bu haqida "Dinamo" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Yopiq eshiklar ostida o‘tgan bahsda har ikki jamoa bosh murabbiylari Predrag Rogan va Ulug‘bek Baqoev ikkala bo‘limda deyarli ikki xil tarkibni maydonga tushirishdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Muzaffar Muzaffarov kuchli zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, jizzaxliklar 65-daqiqada Ayubxon No‘’monovning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi.

O‘yin yakunida "So‘g‘diyona" hujumchisi Shoxruz Norxonovning penaltidan yo‘llagan zarbasini zaxiradan maydonga tushgan darvozabon Arslonbek Ahrorov qaytarib qoldi va o‘yin durang natija bilan tugadi.

O‘rtoqlik o‘yini

«Dinamo» - «So‘g‘diyona» - 1:1 (1:0)

Gollar: M.Muzaffarov 15 – A.Numonov 65.

Yodingizda bo‘lsa, chempionatning ikkinchi turida ushbu jamoalar Jizzaxda to‘qnash kelishgan bo‘lib, unda "So‘g‘diyona" yagona gol evaziga g‘olib chiqqandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!