
"Dinamo" legioneri "An-Nasr"ga qarshi maydonga tushdi
"Dinamo" jamoasi hujumchisi Kojo Joel FIFA kunlari doirasida Qirg‘iziston milliy jamoasi safiga borib qo‘shildi.
Pro liga doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi o‘yindan keyin Kojo Samarqanddan Dubayga yo‘l olib, Qirg‘iziston milliy jamoasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘iniga borib qo‘shildi. Qirg‘iziston 7 sentyabr oqshomida Dubayda "Al-Nasr" klubiga qarshi maydonga tushdi. "Al-Maktum" stadionidagi bahsda Kojo asosiy tarkibda o‘ynadi, jamoasi esa minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Shu kuni "Dinamo" jamoasi hujumchisi "An-Nasr"da to‘p surayotgan Manolo Gabyadini, Odil Taarabt, Medeyros va Agudelo singari o‘yinchilarga qarshi o‘ynadi. Qirg‘iziston 11 sentyabr kuni Kuvaytga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar