Dilshod Rahmatov: Shunday jamoalar bilan ko‘proq o‘ynashimiz kerak

CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov "O‘zbekiston" hamda "Eron" o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Raqibimiz tarkibida bir qancha o‘zgarishlarni ko‘rdim. Ularning o‘yinida ham biz kabi o‘zgarishlar bor. Har ikki jamoa ham pandemiya tufayli yuzaga kelgan tanaffus natijasida o‘yin o‘tkazmadi. Shunga qaramay, bugun yaxshi o‘yin namoyish etdik. Faqatgina xatolarimiz uchun gol qabul qilib oldik.

Endi bosh murabbiyimiz yordamida ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. Oldimizda Osiyo chempionati turibdi. Barchaga ma’lumki, Eron nafaqat Osiyo, balki Jahon miqyosida eng kuchli termalar qatorida turadi. Shunday jamoalar bilan ko‘proq o‘ynab, uchlubimizni kuchaytiramiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!