
Diego Simeone: Oblak – dunyoning eng yaxshi darvozaboni
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa darvozaboni Yan Oblakni dunyoning eng zo‘r posboni deb aytdi.
“Oblak – dunyoning eng yaxshi darvozaboni. Uning “Atletiko”da o‘ynayotgani bu bizning omadimizdir. U o‘yindan-o‘yinga kuchayib bormoqda va juda zo‘r o‘yin ko‘rsatmoqda. Yan “Atletiko” safida uzoq yillar davomida sabr bilan o‘z ustida juda ko‘p ishladi va shu darajaga etishdi. U bunga munosib”, - deydi argentinalik mutaxasiss.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli sloveniyalik darvozabon “matraschilar” sharafini 2014 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar