Diego Lopes: "Valentina nima qildi?"

  • 18 sentabr, 2024, 11:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kuni kecha "UFC 306" turnirida Valentina Shevchenko meksikalik amaldagi chempion Aleksa Grassoni mag‘lub etib, chempionlik kamarini qaytib olgandi. Bu to‘qnashuvga ushbu turnirda Brayan Ortegani mag‘lub etib, reytingda ko‘tarilishga erishgan yarim engil vazn (65,8 kg) toifasi vakili hamda Grassoni murabbiylaridan biri Diego Lopes o‘z munosabatini bildirdi. 

Tecno

"Menimcha, Aleksa qotib qoldi va bugungi jangda imkoniyat darajasida harakat qila olmadi, Valentina ham aslida hech narsa qilmadi. U nima qildi? U shunchaki "parter"ga olib tushdi va uni nazorat qilishga harakat qildi. Ammo u hech qanday jiddiy zarar etkaza olmadi", - deya Lopesning so‘zlarini keltiradi jurnalist Aaron Bronsteter.

Eslatib o‘tamiz, Shevchenko 3-jangda Grassoni mag‘lub etib, chempionlik kamarini qaytarib oldi. Undan avvalgi ikki jangda Grassoning g‘alabasi va durang qayd etilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!