
Diego Kosta: "Antoni endi o‘ziga keldi, bu o‘yinidan ham sezilib turibdi"
"Chelsi" va "Atletiko" sobiq hujumchisi Diego Kosta ijara asosida "Betis"da o‘ynayotgan Antoni haqida fikr bildirdi:
– "Betis"dagi ijara davrida zo‘r o‘yin ko‘rsatayotgan Antoni haqida nima deysiz?
– Antonida sabr etishmasdi. U ko‘plab muammolardan o‘tdi, oilaviy muammolar ham bo‘lganini bilaman. Uning boshi g‘alati fikrlarga to‘lib ketgandi, holbuki u juda iste’dodli. Endi qarang – u baxtli, xotirjam va zo‘r mavsum o‘tkazmoqda.
Tashqaridan tanqid qilish oson, lekin futbolchining boshi joyida bo‘lmasa, bu maydondagi o‘yiniga ham ta’sir qiladi.
U oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha bildirilgan jiddiy ayblovlar sabab muammolarga duch kelgandi, lekin hozir ahvoli yaxshi. U tinch, baxtli va o‘ziga ishonyapti. "Betis"dagi o‘yinlariga qarang – zo‘r ketyapti. Agar shu ruhda davom etsa, Jahon chempionatida ham ishtirok etishi mumkin, – deya ta’rif berib o‘tdi sobiq ispaniyalik hujumchi.
Fikrlar