
Dibalaga ikkita xaridor chiqdi
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala yozgi transferlar vaqtida Turinni tark etadigan ko‘rinadi. “Yuventus”ni futbolchining maoshini oshirishga ko‘ndirolmagan agentlar unga yangi jamoa topish harakatini boshlab yuborgan.
Yaqinda Dibalaning vakillari Angliyaning oltita jamoasiga hujumchining xizmatlarini taklif qilgandi.
Hozircha, ikkita katta klub argentinalik to‘purarni o‘z safida ko‘rmoqchi. Yozda etakchi hujumchisi Kilian Mbappeni transfer qiladigan PSJ frantsiyalik hujumchi o‘rniga aynan Dibalani olib kelishni rejalashtirgan.
Shuningdek, “Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino ham Dibalaga ishonch bildirishga tayyor.
Turin klubi iste’dodli hujumchining transfer narxini 80 million evro qilib belgilangan.
Fikrlar