Dibala qorbobodan nimani so‘ragan bo‘lardi?

  • 15 dekabr, 2021, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala qorbobodan nima so‘rashi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

"Istaklar ro‘yxati har doim uzun bo‘ladi. So‘raladigan narsalar ko‘p. Futbol doirasida men "Yuventus"ga Chempionlar ligasi kubogini so‘ragan bo‘lardim.

Kelgusi yil jahon chempionati bo‘ladi, Argentina terma jamoasi bilan unda g‘alaba qozonish ajoyib bo‘lardi. Siz bepul orzu qilishingiz mumkin, agar qorbobo bizga bu sovg‘alarni olib kelsa, biz xursand bo‘lamiz", - dedi Dibala CalcioMercato nashriga.

2021/2022 yilgi mavsumda Paulo Dibala "Yuventus" tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. Argentinalik futbolchi ushbu bahslarda 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!