Dibala qaysi jamoaga o‘tmoqchiligi ma’lum

  • 23 fevral, 2022, 10:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus"ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibala "Barselona"ga o‘tishga umid qilmoqda. Bu haqda Diario Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida o‘ynashni istamoqda. O‘z navbatida "Barselona" ham yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan futbolchiga qiziqish bildirmoqda, chunki uning "Yuventus" bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi.

Avvalroq, Dibalaga "Tottenxem" va "Inter" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Paulo Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida barcha turnirlarda jami 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!