Dibala 3 ta jamoaga rad javobini berdi, uning maqsadi aniq!

  • 2 iyun, 2022, 20:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina MTJ yulduzi Paulo Dibala bir necha kun oldin "Yuventus"ni tark etganini ma’lum qildi.

Tecno

"La Gazzetta dello Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi faoliyatini "Inter"da davom ettirishni istaydi. U Italiya A Seriyasida o‘zini baxtli his qilayotganini yashirib o‘tirmadi.

Shu sabab argentinalik pleymeyker "Nyukasl", "Borussiya" Dortmund va "Sevilya" kabi jamoalardan tushgan takliflarni rad etgan. Avvalroq, milanliklar unga 3+1 ko‘rinishidagi shartnoma va yiliga 6 million evro maosh taklif etmoqda.

28 yoshli futbolchi "keksa senora" safiga 2015 yilda "Palermo"dan kelib qo‘shilgan. Bu vaqt oralig‘ida u 293 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 115 gol va 48 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!