
Denisov Husanovning "Siti"ga o‘tishi va mamlakat futboli darajasini nima belgilab berishi haqida
TsSKA, "Lokomotiv" va O‘zbekiston milliy terma jamoalari sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov Abduqodir Husanovning "Lans"dan "Manchester Siti"ga o‘tgani haqida fikr bildirdi.
"Mamlakat futboli darajasini terma jamoa baholaydi. Osiyo kubogi ancha muvaffaqiyatli o‘tdi. Qolaversa, xorijda to‘p surayotgan futbolchilar ham o‘ziga xos o‘lchov sanaladi. TsSKAda, "Roma"da va endi "Siti"da ham o‘zbekistonlik futbolchi bor. Husanov APL tarixidagi ilk o‘zbekistonlik sanaladi. Xudo xohlasa, u Angliyada ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Ko‘ramiz, balki Abbosbek ham yaqin orada qaergadir ketar", - dedi Denisov "Championat.com" nashriga bergan intervyusida.
Ayni vaqtda Denisov faoliyatini Rossiya media futbol jamoasi "SKA-Rostov" tarkibida davom ettirmoqda.
Fikrlar