Dembele 10 buyuk futbolchi qatoriga qo‘shildi
2025 yilgi “Oltin to‘p” sohibiga aylangan “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Usmon Dembele jahonda juda kam futbolchi erishgan natijani takrorladi.
28 yoshli futbolchi jahon futbolidagi eng nufuzli uchta sovrin – jahon chempionligi, Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligi va “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan o‘ninchi futbolchi bo‘ldi.
Dembele “Oltin to‘p” so‘rovnomasida “Barselona” etakchisi Lamin Yamalni ortda qoldirdi.
Usmon Dembelegacha faqatgina to‘qqiz nafar charm to‘p ustasi – germaniyalik Frants Bekkenbauer va Gerd Myuller, italiyalik Paolo Rossi, angliyalik Bobbi Charlton, frantsiyalik Zinedin Zidan, braziliyalik Rivaldo, Kaka va Ronaldino, argentinalik Lionel Messi jahon chempioni, Chempionlar ligasi g‘olibi va “Oltin to‘p” sohibi bo‘la olgan xolos.



Fikrlar