
De Yong: Messi boshqalardan kuchliroq. U xet-trik qayd etsa, hech kim hayratlanmaydi
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki De Yong jamoaning hujumchilari Lionel Messi va Luis Suares borasida fikr bildirdi.
"Messi biz uchun juda muhim ekanligini barcha yaxshi biladi. U bir o‘yinda 3 ta gol ursa, hech kim hayratlanmaydi. Messi boshqalardan kuchliroq. Messiga qarshi o‘ynagan jamoalar doim asabiylashadi.
Men ham asabiylashgan bo‘lardim.
Suares ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda va chiroyli gollar urmoqda. "Real"ga qarshi avvalgi o‘yinda u xet-trik qayd etgan edi. Umid qilamanki, bu mavsum ham shu ishni takrorlaydi," - dedi De Yong.
Fikrlar