
De Bryuyne: "Turnirni omadsiz o‘tkazdik"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Belgiya terma jamoasi uchun jahon chempionati natijalarini sarhisob qildi. "Qizil iblislar" turnirda guruhdan chiqa olmadi.
"Turnirni omadsiz o‘tkazdik. Bungacha bo‘lgan musobaqalar biz uchun omadli kelgan edi, ammo JCh-2022ni ular bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.
Hozir bor e’tiborim "Manchester Siti"ga qaratilgan. Umid qilamanki, biz ushbu tanaffusgacha qanday ruhda kelgan bo‘lsak, shu holatda davom etamiz. Sovrinlar uchun kurashishda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lamiz, men bunga ishonaman", - dedi De Bryuyne.
Eslatib o‘tamiz, Argentina 36 yil ichida birinchi marta JCh-2022da g‘alaba qozondi. Belgiya esa "F" guruhidan joy olgan bo‘lib, Kanada, Xorvatiya hamda Marokash termalari bilan kuch sinashdi va yakunda 3-o‘rinni egalladi.
Fikrlar