Davron Fayziev: Bu FIFA tomonidan "France Football" nashriga berilgan zarba edi

  • 18 yanvar, 2022, 10:22
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha FIFA qarorgohida "The Best" sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi. Mashhur sharhlovchi Davron Fayziev marosim haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Qiziq holat, odatda, bosh sovrin topshirilgach marosim tugaydi. Levandovski yil futbolchisi deb topildi. Undan so‘ng, FIFA tomonidan terma jamoalar darajasida futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar (184 o‘yin, 115 gol) Krishtianu Ronalduga maxsus "The Best Special Award" sovrini topshirildi.

Bu FIFA tomonidan "France Football" nashriga berilgan zarba edi. Chunki "Oltin to‘p" topshiruvchi nashr va uning rahbari Ronalduning mavqeiga putur etkazuvchi yolg‘on ma’lumotlar tarqatgandi. Bu borada futbolchi bayonot bilan ham chiqqan. FIFA esa terma jamoalar, Evro turnirlar, butun futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri hamda eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lmish Ronalduga maksimal munosib e’tibor qaratdi. Uni marosim so‘ngida taqdirladi. Sovrinni esa FIFA prezidenti Janni Infantino Krishtianuning o‘ziga sahnada topshirdi. Munosib qaror".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Аббосхон Ахмедов
18/01/2022 10:28
Xa ajoyib bravo zor