
Davron Fayziev: APLdagi frantsiyalik mashhur futbolchining faoliyatini mushuk barbod qilishi mumkin
Londonning "Vest Xem" klubi markaziya himoyachisi Kurt Zuma mojarolar markaziga tushib qoldi.
ESPN tarqatgan xabarga qaraganda, 27 yoshli frantsiyalik futbolchi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun jazoga tortiladi.
Gap shundaki, Zuma mushukni kaltaklagan. Voqea uning akasi Joan tomonidan suratga olingan, keyinchalik u videoni internetga joylashtirgan.
Britaniya qonunlariga ko‘ra, Zuma jinoiy javobgarlikka tortilishi va besh yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Ushbu veqeaga taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- APLning frantsiyalik mashhur futbolchisi Kurt Zumaning faoliyatini mushuk barbod qilishi mumkin. Birinchi navbatda o‘zi aybdor. Mushugini tepib, buni videoga olib, baloga qoldi. 250 ming funt jarima. Homiylarning voz kechishi. "Vest Xem"ga Zumani chetlatish bo‘yicha bosim bo‘lmoqda. 200 ming odam petitsiyaga qo‘l qo‘yibdi, qamab yuborishmoqchi. Videoga olgan akasi ham 5-divizon klubidan chetlatilibdi. Bizdagi mushuklar uchun bu parallel dunyo. Zuma esa bir umr jonivorlarga ozor etkazmaydigan bo‘ldi. Hali uni boqish huquqidan ham mahrum qilishmasa. Darvoqe, Kurt uzr so‘rab chiqqan. Jamoatchilikdanmi, mushuklardanmi, bunisiga aniqlik kiritilmagan, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar